Prezident tomonidan 2020 yil 8-iyun kuni “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi. Unga koʻra, universitetda 7 ta taʼlim yoʻnalishi (bakalavriat) va 9 ta mutaxassislik (magistratura) boʻyicha kadrlar tayyorlanishi belgilangan.
2020-2021 oʻquv yilida 6 ta taʼlim yoʻnalishi (bakalavriat) va 4 ta mutaxassislik (magistratura) boʻyicha kadrlar tayyorlanishi rejalashtirilgan.
Geologiya fanlari universitetining 2020/2021 o‘quv yilida davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jami 240 ta o‘rin ajratildi:
• Bakalavriat – 200 ta; • Magistratura – 40 ta.