2024-yilda OTM ga kirishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi
01-aprel 17:20
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
- Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
- Matematika x 10 ta;
- O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
- 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
- 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
- 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
- 60 ta savoldan jami 156,0 ball.
Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan edi.