5 yil stajga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma uchun arizalar qabuli 1-iyungacha
Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Talabgorlardan ariza olish boshlandi. 1-iyungacha ariza bilan tuman (shahar) Oila va xotin-qizlar bo‘limlari huzuridagi Ishchi guruhlariga quyidagi hujjatlarni berish kerak:
- Fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi.
- Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan ko‘chirma.
- O‘rta-maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha diplom.
Kimlar tavsiyanoma ololadi?
- o‘rta ma’lumotli;
- OTMda o‘qimagan;
- 5 yil staji borlar.