Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Apellatsiya jarayonining oltinchi kuni: 16,5% abituriyent ishtirok etdi

30-avgust 00:38
Apellatsiya jarayonining oltinchi kuni: 16,5% abituriyent ishtirok etdi

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning oltinchi kuni yakunlandi

2024-yil 22-avgustdan boshlab test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlari ko‘rib chiqilmoqda. Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilgan bo‘lib, jarayon davom etmoqda.

29-avgust kuni 158 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 26 nafari (16,5%) jarayonda ishtirok etdi, 132 nafari esa ishtirok etmadi.

Bugun, 30-avgust, apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning oltinchi kuni yakunlandi. Jarayon davomida abituriyentlarning e’tirozlari tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, natijalar qayd etilmoqda