Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Ayrim davlat oliygohlari faoliyati tugatilishi mumkin!

08-fevral 17:27
Ayrim davlat oliygohlari faoliyati tugatilishi mumkin!

Prezident boshchiligidagi ta’lim sohasiga oid yig‘ilishda OTMlarning maqomini belgilash bo‘yicha aniq mezonlar ishlab chiqish topshirig‘i berilgan.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116 ta oliyoghni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga "milliy", "davlat" universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash topshirildi.

Bu degani bir nechta oliygohlar endilikda birlashtirib yuborilishi mumkin.

Oliygohlar ro‘yxati vazirlik tomonidan hali rasman tasdiqlanmagan.

Lekin quyidagi yangi tashkil etilgan davlat OTMlari avvalgi oliygohlar bilan qayta birlashtirilishi aytilmoqda:

Urganch davlat pedagogika instituti;

Namangan davlat pedagogika instituti;

Guliston davlat pedagogika instituti;

O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;

Andijon davlat pedagogika instituti;

Buxoro davlat pedagogika instituti;

Termiz davlat pedagogika instituti;

Shahrisabz davlat pedagogika instituti;

Chirchiq davlat pedagogika universiteti;

Jizzax davlat pedagogika universiteti.