Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni – O‘tkazib yubormang!

10-avgust 02:35
Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni – O‘tkazib yubormang!

Yo‘nalish tanlash uchun so‘nggi kun!

Abituriyentlar diqqatiga!

Bugun yo‘nalish tanlashning oxirgi kuni! 10-avgust soat 23:59 ga qadar abituriyentlar o‘zlari tanlagan fanlar majmuasiga mos yo‘nalishni tanlashlari shart.

Ushbu muddat davomida yo‘nalish tanlamagan abituriyentlar tanlovda ishtirok eta olmaydi, ya’ni ular o‘qishga kira olmaydi. Necha ball olgan bo‘lishidan qat’i nazar, ularning natijalari bekor qilinadi.

Shuningdek, bugun soat 23:59 ga qadar tanlagan yo‘nalishingizni o‘zgartirish imkoniyati ham mavjud. Ushbu imkoniyatdan foydalanishni unutmang!