Chet-el oliygohlariga o‘qishga kirish qanday tartibda bo‘ladi?
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
Ushbu maqolada chet-el oliygohlariga o‘qishga topshirish va chet-el universitetining talabasi bo‘lishingizdagi yo‘l xaritasi qisqa qilib keltirilgan.
Chet-el oliygohida talaba bo‘lish uchun quyidagi 5 bosqichdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.
Birinchi bosqich: maqsadni aniqlab olish.
Har qanday ishda, boshlashdan avval maqsad va rejalar aniqlanishi kerak, kichik ishlardan tortib katta ishlargacha.
Chet-el oliygohida o‘qish maqsadi esa bu ma’suliyatli jarayon. Bu jarayonda bo‘lajak talabadan aniq maqsadlar talab qilinadi, ko‘r-ko‘rona istalgan oliygohga, istalgan yo‘nalishga topshirish yaramaydi.
Bu huddi nishonga olmasdan kamon o‘qini otishday bo‘ladi. Maqsadni aniqlash deganda inson kelajakda qanday sohada faoliyat yuritishi va hayotini qaysi sohaga bag‘ishlashi tushunilmoqda.
Ikkinchi bosqich: maqsadga muvofiq oliygoh va yo‘nalish tanlash.
Maqsadlarni aniqlashtirib oldik, ya’ni maqsad bo‘yicha shifokor yoki biznes boshqaruvchisi (TOP menejer) bo‘lish istagi rejalashtirildi.
Bundan keyingi jarayon esa oliygoh tanlashdir. Oliygoh tanlashda ham bir nechta narsalarga e’tibor qaratish zarur bo‘ladi masalan:
universitet joylashgan davlat
universitetning reytingi
o‘zbek talabalari o‘qiydimi yoki o‘qiganmi?
narxlari qanday, grant va stipendiya qay darajada beradi
va hokazo.
Maqsadlar va moliyaviy holatga qarab oliygoh tanlanganidan keyingi bosqich hujjatlarni tayyorlash bo‘ladi.
Uchinchi bosqich: hujjatlarni tayyorlash.
Bu bosqichda chet-el oliygohi talablariga to‘g‘ri keluvchi natijalar sertifikati IELTS, SAT, GPA baholar, akademik trenskriptlar, Recommendation and Motivation letters, (tavfsiya xati va motivatsion xat), Study plan (o‘qish rejasi), bank hisob raqami va yana bir nechta hujjatlarni tayyorlash kerak bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich: oliygohga hujjatlarni topshirish.
Ushbu bosqich nisbatan oson jarayon, tayyor bo‘lgan hujjatlar universitetlarga qabul ochilishi bilan online tarzda topshiriladi va universitetning javob xati kutiladi.
Hujjatlar topshirilib universitetning javob xati olinganidan so‘ng esa viza olish jarayoni boshlanadi.
Beshinchi bosqich: VIZA olish jarayoni.
Ushbu jarayonda ham talabadan bir nechta hujjatlar talab qilinadi. Hujjatlar tayyor bo‘lganidan keyin esa VIZA olish uchun ariza topshiriladi, bu bosqichda chet-el elchixonalaridan suhbatdan ham o‘tish kerak bo‘ladi.
Suhbat jarayonida konsullik vakillariga nima uchun chet-elda o‘qish maqsadi borligi, kelajakda qanday sohada mutaxassis bo‘lishlik, ilm olib qanday muammolarga yechim topishlik bo‘yicha to‘liq maqsadlar va rejalar tushuntiriladi. Bu kabi suhbatdan keyin VIZA bosqichi ijobiy natija olib keladi.
Bu bosqichlarni to‘g‘ri boshlash va yaxshi natija olish uchun esa professionallarga murojaat qiling.