Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Chet tilidan sertifikati bor abituriyentlar talaba bo‘lgan

30-avgust 16:39
Chet tilidan sertifikati bor abituriyentlar talaba bo‘lgan

Xorijiy til sertifikati borlar talaba bo‘lgan

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi 81-son farmoniga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab, fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

Joriy 2024/2025 o‘quv yili qabulida ham fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha talabalikka tavsiya etilganlarning asosiy qismini xorijiy tildan sertifikatga ega abituriyentlar tashkil etadi. Jumladan, davlat grantiga yuz foiz (nemis va fransuz tilini istisno qilganda) chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar tavsiya etilgan.

Ma’lumotlar bilan rasmda batafsil tanishish mumkin.