Magistratura qabul natijalari 20-avgustgacha ma’lum bo‘ladi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Magistratura mandati 20-avgustga qadar e’lon qilinadi
2024-2025 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayoni doirasida imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar diplom bali va chet tili sertifikatlari asosida saralanadi. Bu jarayonda, avval diplom balli, keyin esa chet tili sertifikati ustunligi inobatga olinadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabgorlarning o‘qishga qabul qilish natijalari 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.