Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Rasman: bu yil ham maksimal ball 189 bo‘ladi

30-yanvar 17:48
Rasman: bu yil ham maksimal ball 189 bo‘ladi

Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

🔰 Unga ko‘ra:

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

➖ Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;➖ Matematika x 10 ta;➖ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;✅ 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

➡️ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➖ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball➖ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball✅ 60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.