Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Maktab oʻquvchilari uchun koreyalik mutaxassislar ishtirokida sunʼiy intellekt va robototexnika kursi tashkil etildi

31-iyul 16:04

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda o‘quvchilar uchun sun’iy intellekt va robototexnika kursi tashkil etildi. Ushbu kursda maktabning 32 nafar bitiruvchi sinf o‘quvchilari koreyalik mutaxassislardan sun’iy intellekt va robototexnika bo‘yicha bilim olishmoqda.

Kurs uchun Koreya ta’lim vazirligining granti asosida Robototexnika laboratoriyasining moddiy-texnik bazasi shakllantirildi. Bu laboratoriya uchun Arduino to‘plami va PIBO roboti olib kelingan. Ushbu jihozlar yordamida o‘quvchilar dasturlash bo‘yicha o‘rgangan nazariy bilimlarini robot qurilmalarida sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Mazkur maktabda tajriba-sinovdan oʻtkazilayotgan loyiha natijasida olinadigan ijobiy tajribalar boshqa maktablarga ham tatbiq etilishi rejalashtirilgan.