Nega ruxsatnomada test vaqti 6:30 va 13:30 deb yozilgan?

Test sinovlari ertadan 2 smenada o‘tkaziladi:
-
1-smena: soat 8:00 da boshlanadi
-
2-smena: soat 15:00 da boshlanadi
Lekin ruxsatnomalarda:
-
1-smena — 6:30
-
2-smena — 13:30
Bu vaqt test boshlanishi emas, balki test o‘tkaziladigan joyga yetib kelish vaqti.
Sababi:
-
Har yili ko‘plab abituriyentlar kechikib keladi
-
Kechikkanlar testga kiritilmaydi, keyin qayta topshirishga ham ruxsat berilmaydi
-
Ruxsatnomada 8:00 deb yozilsa, ko‘pchilik aynan shu paytga taqab keladi va testdan qolib ketadi
Shu sababli, ruxsatnomada 1,5 soat oldingi vaqt ko‘rsatilgan. Bu vaqt:
-
Tekshiruv bosqichlaridan o‘tish
-
Xavfsizlik nazoratidan o‘tish
-
Joy egallash uchun yetarli
Tavsiya:
-
Kamida 1 soat oldin keling
-
Xotirjam holatda joyingizni egallang
-
Asabiylashmang, bu natijangizga salbiy ta’sir qilishi mumkin
Ota-onalar ham bu masalaga jiddiy yondashishi lozim.
ESLATMA:
-
Testga kirishda pasport (yoki ID-karta) va
-
Ruxsatnoma (qog‘ozga chiqarilgan) bo‘lishi majburiy
-
Rangi shart emas, oq-qora bo‘lsa ham bo‘ladi