Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Nodavlat oliygohlar milliy reytingi tuziladi

25-iyun 15:54
Nodavlat oliygohlar milliy reytingi tuziladi

O‘zbekistonda ilk bor davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini qamrab oluvchi yagona milliy reyting tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining PQ–200-son qarorida belgilangan.

Reyting quyidagi mezonlar asosida shakllantiriladi:

  • Ta’lim sifati va professor-o‘qituvchilar salohiyati

  • Talabalar yutuqlari va bandlik ko‘rsatkichlari

  • Ilmiy-tadqiqot faoliyati va xalqaro hamkorliklar

  • Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv dasturlar soni

  • Infratuzilma va boshqaruv tizimi samaradorligi

Davlat va nodavlat OTMlar yagona reyting asosida baholanadi, shuningdek reyting har yili yangilanib va ochiq e’lon qilib boriladi.

Reytingda yuqori o‘rinlarni egallagan OTMlarga imtiyozlar beriladi. Xususan, so‘nggi 5 yil davomida reytingning birinchi 10 taligidan joy olgan OTMlar keyingi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod etiladi. Bu tartib oliygohlarni ta’lim sifatini doimiy yuqori darajada saqlashga rag‘batlantiradi.

Yangi milliy reyting tizimi nodavlat oliygohlarning nufuzi va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Reyting mezonlari orqali OTMlar faoliyati shaffof va samarali baholanadi, bu esa ta’lim sifatini yanada yaxshilashga yordam beradi.