Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Sinf metodbirlashma rahbarlari 10 foizlik ustama olish huquqiga ega emasmi?

14-oktabr 04:35
Sinf metodbirlashma rahbarlari 10 foizlik ustama olish huquqiga ega emasmi?

Savol: Maktablarda metod birlashma rahbarlari direktor jamg‘armasidan 10 % ustama olishi mumkinmi? Shunda sinf rahbarlari metod birlashma rahbarlari ham ustama olishga haqlimi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug‘iga asosan, maktablarda sinf rahbarlari metodbirlashmalari tashkil etiladi. Biroq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga ko‘ra, faqat fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalar rahbarlari 10 foizlik har oylik ustama olish huquqiga ega.

Shunday qilib, sinf metodbirlashma rahbarlariga 10 foizlik ustama tayinlash imkoniyati mavjud emas. Garchi sinf metodbirlashma rahbarlari ham fan yo‘nalishlari rahbarlari kabi faoliyat olib borsalar-da, amaldagi nizom faqat fan yo‘nalishlariga ustama belgilashni ko‘zda tutadi.

Biroq, xalqtaliminfo.uz tahririyati ushbu masalani ko‘rib chiqib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sinf metodbirlashma rahbarlariga ustama belgilash amaliyotini joriy qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishni tavsiya etmoqda.