Ta’lim muassasalarida o‘quv xonalari uchun harorat talablari belgilandi
23-oktabr 14:39
Ta’lim muassasalarida o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablari bo‘yicha havo harorati quyidagicha bo‘lishi kerak:
- Yengil jismoniy ish uchun — kamida 21°C.
- O‘rtacha og‘irlikdagi ish uchun — kamida 17°C.
- Og‘ir jismoniy ish uchun — kamida 16°C.
Fizika laboratoriyalari uchun harorat 18°C – 21°C oralig‘ida, havoning nisbiy namligi esa 40 – 60% bo‘lishi tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, ta’lim muassasalarida:
- Hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi kerak.
- Agar ta’lim muassasasida kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lmasa, davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda, suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralari bo‘lishiga ruxsat etiladi.