Toshkent agrar universitetining yotoqxona qurilishi qoidabuzarliklar tufayli to‘xtatildi
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
Toshkent davlat agrar universitetiga tegishli talabalar turar joyining qurilishi to‘xtatildi. Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi matbuot xizmati bu haqda ma’lum qildi.
400 talaba uchun mo‘ljallangan bu binoni “New Brand House MChJ” qurayotgan edi, lekin qurilish jarayonida qoidabuzarliklar aniqlangani sababli bir necha marotaba inspeksiya tomonidan yozma ogohlantirish berilganiga qaramay, qurilish davom ettirilgan.
Hozirda bino texnik tekshiruvdan o‘tkazilgunga qadar qurilish ishlari to‘xtatildi.