Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Andijon davlat chet tillari instituti kirish ballari 2022

Andijon davlat chet tillari instituti — chet tillari sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlaridan biri.

O‘zbekiston prezidenti Andijon davlat chet tillar institutini tashkil etishni 31-maydagi qarori bilan tasdiqladi. Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023-o‘quv yilidan boshlandi va talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikatsiya beriladi.

Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlariXorijiy tillar sohasi bo‘yicha oliy maʼlumotli, ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; o‘quv jarayonida xalqaro baholash dasturlari, standartlaridan foydalanish, o‘qitish hamda baholashning zamonaviy shakllari, texnologiyalari va metodlarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash; ilmiy loyihalarni amalga oshirish shuningdek, yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etish; 

xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida o‘z taʼlim dasturlarini shakllantirish va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan mustaqil ravishda qo‘shma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish; taʼlimni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, shuningdek, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, jumladan, o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil taʼlim olish va amaliy, badiiy, sinxron, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish; institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi hamda malaka oshirishini xorijiy va nufuzli respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sanaladi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

60230103

50
10
40
134.1
104.3

Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili

60230101

50
10
40
175.1
154.9

Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili

60230119

50
10
40
145.5
108.1

Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili

61010505

25
10
15
159
146.3

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

60230203

25
10
15
165.5
148.4

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60111804

50
10
40
176.1
158.1