Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2021

Institut tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.

Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.​​​​

Fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari

Rasmiy saytning asosiy menyusida yetti ta fakultet ko‘rsatilgan.

  • Tabiiy fanlar fakulteti;
  • Maktabgacha ta’lim fakulteti;
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at fakulteti;
  • Pedagogika fakulteti;
  • Filologiya fakulteti;
  • Jismoniy madaniyat fakulteti;
  • Aniq fanlar fakulteti;

Sayt bosh sahifasidagi fakultetlar bo‘limida ayrim fakultetlar boshqacha nomlangan (masalan, aniq va tabiiy fanlar, maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika, ijtimoiy va amaliy fanlar fakultetlari).

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Biologiya

5110400 / Biologiya / Kimyo

25
-
25
-
89.25

Boshlang‘ich ta’lim

5111700 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

125
-
125
-
100.8

Jismoniy madaniyat

5112000

50
-
50
-
118.4

Maktabgacha ta’lim

5111800 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

125
-
125
-
90.3

Maktabgacha va boshlang‘ich ta`limda jismoniy tarbiya va sport

5112300

25
-
25
-
61

Matematika va informatika

5110100 / Matematika / Fizika

100
-
100
-
87.78

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

5111600 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

25
-
25
-
133.35

Musiqa ta`limi

5111100

25
-
25
-
117.1

O‘zbek tili va adabiyoti

5111200 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

50
-
50
-
124.95

Pedagogika va psixologiya

5110900 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

50
-
50
-
91.35

Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi

5110800

25
-
25
-
65.6

Texnologik ta’lim

5112100 / Fizika / Matematika

50
-
50
-
81.9