Central Asian University kirish ballari 2023
Central Asian University (CAU) - 2019-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan va bugungi kunda mamlakatning eng jadal rivojlanayotgan nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet tibbiyot, stomatologiya, muhandislik, biznes, arxitektura hamda turizm yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiradi.
Zamonaviy kampus, xalqaro tajribaga ega professor-o‘qituvchilar, ingliz tilidagi ta’lim va amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv CAUni turli mamlakatlardan kelayotgan talabalar uchun jozibador maskanga aylantirmoqda.
Universitet Round University Ranking (RUR) 2025 xalqaro reytingida dunyoning TOP-1000 talik universitetlari qatoridan joy oldi, THE Impact Rankings 2025 reytingida ilk bor ishtirok etdi hamda QS Stars xalqaro baholash tizimida 4 yulduzli natijaga erishdi. Shuningdek, Science and Innovation Awards 2025 mukofoti doirasida yilning eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasasi deb e’tirof etildi.
CAU Yevropa va AQShning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikni faol rivojlantirib, qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirmoqda. Bu esa universitetning global akademik makonga integratsiyasini yanada mustahkamlamoqda.
CAU tarkibida quyidagi 6 ta ixtisoslashgan maktab faoliyat yuritadi:
Tibbiyot maktabi
Stomatologiya maktabi
Muhandislik maktabi
Biznes maktabi
Arxitektura va dizayn maktabi
Mehmondo‘stlik va turizm menejmenti maktabi
Har bir ta’lim yo‘nalishi zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, amaliy tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratiladi.
CAUda ta’lim jarayoni nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish tamoyiliga asoslanadi. Talabalar tibbiyot, sun’iy intellekt, biznes va muhandislik sohalaridagi real loyihalar ustida ishlaydi, xalqaro tanlovlar va xakatonlarda ishtirok etadi hamda bugungi kun mehnat bozori talab qilayotgan ko‘nikmalarni egallaydi.
Tibbiyot maktabi: amaliyot va klinik tafakkur
Yo‘nalish: Davolash ishi (Doctor of Medicine - D.M.)
Ta’lim tili: Ingliz tili
Davomiyligi: 12 semestr (6 yil)
Kontrakt miqdori: yiliga 135 000 000 so‘m
CAU Tibbiyot maktabi klinik amaliyot, ilmiy tayyorgarlik va zamonaviy pedagogik yondashuvlarni o‘zida mujassam etgan. Ta’limning muhim qismi universitetning zamonaviy Tibbiy simulyatsiya markazida amalga oshiriladi. Markaz ilg‘or simulyatorlar, robotlashtirilgan tizimlar va jarrohlik amaliyotlarini o‘rganishga mo‘ljallangan uskunalar bilan jihozlangan. Bu talabalarda nazariy bilim bilan bir qatorda klinik fikrlash, amaliy ko‘nikma va mustaqil qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantiradi.
Ta’lim jarayoni tibbiyot muassasalari va real klinik holatlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, nazariyadan amaliyotga o‘tish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi.
Stomatologiya maktabi: xalqaro standartlar asosidagi ta’lim
Yo‘nalish: Stomatologiya (Doctor of Dental Surgery - DDS)
Ta’lim tili: Ingliz tili
Davomiyligi: 10 semestr (5 yil)
Kontrakt miqdori: yiliga 108 000 000 so‘m
CAUning stomatologiya dasturi fundamental nazariy tayyorgarlik va intensiv klinik amaliyotni o‘zida birlashtiradi. Talabalar implantologiya, lazer stomatologiyasi va boshqa zamonaviy texnologiyalarni o‘rganadi hamda NBDE va MFDS kabi xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik ko‘radi.
Dastur sifati xalqaro QAHE akkreditatsiyasi bilan tasdiqlangan. Shuningdek, universitetning Association for Dental Education in Europe (ADEE) bilan hamkorligi ta’limning Yevropa standartlariga mosligini ta’minlab, akademik almashinuv va kasbiy rivojlanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Muhandislik va IT: innovatsiyalar markazida
Yo‘nalishlar:
Computer Science
Biomedical Engineering
Industrial Engineering
Ta’lim tili: Ingliz tili
Davomiyligi: 8 semestr (4 yil)
Kontrakt miqdori: yiliga 81 000 000 so‘m
CAU Muhandislik maktabi texnologiyalarni yaratish, boshqarish va takomillashtirishga qodir mutaxassislarni tayyorlaydi. Bu yerda sun’iy intellekt alohida fan sifatida emas, balki barcha ta’lim jarayoniga integratsiyalashgan asosiy vosita sifatida qo‘llaniladi. Talabalar ma’lumotlar bilan ishlash, mahsulot ishlab chiqish va real muhandislik muammolariga yechim topishni o‘rganadilar. Universitetda AI, kiberxavfsizlik, robototexnika va intellektual tizimlarni birlashtiruvchi yangi texnologik platforma faol rivojlanmoqda. Bu esa ta’limni innovatsion ishlanmalar bilan bevosita bog‘lash imkonini beradi. Shuningdek, University of California hamda UC Berkeley Hub bilan hamkorlik talabalar uchun xalqaro tajriba va global standartlar asosida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Biznes maktabi: kelajak liderlarini tayyorlash
Yo‘nalishlar:
Buxgalteriya hisobi va moliya
Iqtisodiyot
Marketing va PR
Menejment
Kontrakt miqdori: yiliga 81 000 000 so‘m
Xalqaro biznes (CAU va CBS International Business School, Germaniya qo‘shma dasturi)
Kontrakt miqdori: yiliga 94 500 000 so‘m
ELT (Ingliz tilini o‘qitish)
Kontrakt miqdori: yiliga 54 000 000 so‘m
Ta’lim tili: Ingliz tili
Davomiyligi: 8 semestr (4 yil)
Biznes maktabi global iqtisodiyot sharoitida faoliyat yurita oladigan liderlar, tadbirkorlar va menejerlarni tayyorlaydi. Talabalar marketing, moliya, menejment, iqtisodiyot, tadbirkorlik va xalqaro biznes yo‘nalishlarini zamonaviy biznes-keislar, simulyatsiyalar va analitik vositalar orqali o‘rganadi.
Muhim afzalliklardan biri - Bloomberg Lab, unda talabalar moliyaviy tahlil, ma’lumotlar bilan ishlash va biznes modellashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallaydi. Xalqaro biznes dasturi talabalarga Germaniyaning CBS International Business School bilan hamkorlikdagi qo‘shma diplomni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Biznes maktabi ekotizimining muhim qismi bo‘lgan CAU Venture Sprint dasturi doirasida talabalar o‘z startaplari va biznes loyihalarini ishlab chiqadi, ekspertlar bilan ishlaydi va g‘oyalarini investorlar oldida taqdim etadi.
Arxitektura va dizayn: g‘oyadan amaliyotgacha
Yo‘nalish: Architecture & Design
Ta’lim tili: Ingliz tili
Davomiyligi: 8 semestr (4 yil)
Kontrakt miqdori: yiliga 81 000 000 so‘m
Arxitektura va dizayn maktabida ta’lim loyiha faoliyati va real shahar muhitidagi vazifalar asosida tashkil etilgan. Talabalar zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida barqaror rivojlanish tamoyillariga mos loyihalarni ishlab chiqadi. Ta’lim jarayonini Fab Lab qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu laboratoriyada talabalar o‘z g‘oyalarini prototiplash, sinovdan o‘tkazish va amaliy natijaga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mehmondo‘stlik va turizm menejmenti maktabi
Yo‘nalish: International Hospitality Management & Tourism
(CAU va HTMi Switzerland qo‘shma diplom dasturi)
Ta’lim tili: Ingliz tili
Davomiyligi: 6 semestr (3 yil)
Mehmondo‘stlik va turizm menejmenti maktabining dasturi xalqaro mehmondo‘stlik, turizm va servis sanoati uchun malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Talabalar mehmonxona boshqaruvi, turizm, xizmatlar marketingi, mijozlar bilan ishlash va biznes jarayonlarini boshqarish bo‘yicha chuqur bilimlarga ega bo‘ladi.
HTMi Switzerland bilan hamkorlik talabalarga xalqaro standartlar asosida ta’lim olish va global mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishish imkonini yaratadi.
Kampus, grantlar va karyera imkoniyatlari
CAU zamonaviy auditoriyalar, ilmiy laboratoriyalar, Tibbiy simulyatsiya markazi, muhandislik va IT laboratoriyalari, Fab Lab, Bloomberg Lab hamda rivojlangan sport infratuzilmasini o‘z ichiga olgan innovatsion kampusga ega.
Talabalar ilk kurslardan boshlab real loyihalar ustida ishlaydi, xalqaro almashinuv dasturlarida, xorijiy stajirovkalarda va akademik mobillik dasturlarida ishtirok etadi.
Universitet turli yillarda dunyo miqyosidagi taniqli shaxslar - Mey Mask, Robert Kiyosaki, Stiv Voznyak, Stiv Forbes va boshqa ekspertlarni qabul qilgan.
Iqtidorli abituriyentlar va talabalar uchun universitet tomonidan 100 foizgacha grant va stipendiyalar taqdim etiladi.
Karyera markazi talabalarning professional muhitga moslashuvi, amaliyot o‘tashi va ishga joylashishiga ko‘maklashadi. Universitet hamkorlari bilan yo‘lga qo‘yilgan tizimli hamkorlik tufayli talabalar o‘qish davridayoq real loyihalarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bugungi kunda CAUda 2500 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.
2026–2027 o‘quv yili uchun qabul 10-apreldan boshlangan.
Telefonlar:
📞 71-208-12-34
📞 71-200-05-22