Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti kirish ballari 2025

Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 3 iyundagi 239-sonli qaroriga binoan Farg‘ona Davlat Universiteti qoshidagi “Tibbiyot markazi” asosida tashkil qilingan.

Filial hozirgi vaqtda Respublikadagi tibbiyot oliy o‘quv yurtlari bilan bir qatorda Respublikamiz viloyatlari uchun Davolash ishi, Kasb ta’limi “Tibbiy pedagogik ish”, “Tibbiy-profilaktika ishi” va “Oliy hamshiralik ishi”, “Biotibbiyot muxandisi” ixtisosliklari bo‘yicha “Umumiy amaliyot shifokori”, “Vrach umumiy gigienist-epidemiolog” va “Oliy ma’lumotli hamshira”, “Tibbiyot muxandisi”larini hamda  qo‘shma ta’lim dasturi asosida Rossiya Federatsiyasining Kuban davlat tibbbiyot universiteti bilan hamkorlikda Davolash ishi va Stomatologiya, Kursk davlat tibbbiyot universiteti  bilan hamkorlikda Pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Davolash vrachi”, “Vrach stomatolog”,  “Vrach pediatr”larni  tayyorlovchi tibbiyot oliy o‘quv yurtidir.

 

Fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari

Institutning rasmiy saytida 4 ta fakultet ko‘rsatilgan.

  • Davolash ishi fakulteti;
  • Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti;
  • Xalqaro fakultet;
  • Pediatriya fakulteti.

Institut tarkibida 29 ta kafedra faoliyat yuritadi, shuningdek doktorantura bo‘yicha 12 ta ixtisoslik mavjud.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Davolash ishi

60910200 / Biologiya / Kimyo

30
5
25
176.6
138.7

Farmatsiya

60910800 / Kimyo / Biologiya

10
-
10
-
72.8

Pediatriya ishi

60910300 / Biologiya / Kimyo

25
1
24
172
129.6

Stomatologiya

60910100 / Biologiya / Kimyo

10
2
8
171.5
138.4

Tibbiy profilaktika ishi

60910400 / Kimyo / Biologiya

30
-
30
-
64