Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Kattaqo'rg'on davlat pedagogika instituti kirish ballari 2023

Samarqand davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.05.2021 yildagi 307-sonli qarori asosida tashkil topgan. Filialda 2 ta fakultet, 5 ta kafedra, 16 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlib, 2 039 nafar (bakalavriat kunduzgi 1 778 nafar, sirtqi 261 nafar) talaba tahsil olmoqda (ilmiy salohiyat – 25.9 foiz) Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari oʻquv rejalari ishlab chiqilgan, 6 ta buyurtmachi tashkilotlar („Samarqand viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi“, „Samarqand viloyati moliya boshqarmasi“, „Tadbirkorlikni rivojlantirish angentligining Samarqand viloyati boʻyicha vakolatli ofisi“, „Markaziy bank Samarqand viloyati boshqarmasi“, „Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi“, „Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi Samarqand mintaqaviy filiali“) bilan kelishilgan.

SamDU Kattaqoʻrgʻon filialida 2 ta oʻquv binosi, 1 ta sport zal, 1 ta ARM mavjud, binolar xizmat koʻrsatish quvvati 2 000 oʻrin, 2 ta fakultet, 5 ta kafedralarda bakalavriat kunduzgi shaklida 16 ta taʼlim yoʻnalishida 1 778 nafar, sirtqida 2 ta taʼlim yoʻnalishida 261 nafar (jami 2 039 nafar) talabalar tahsil olmoqda.

Oʻquv adabiyotlar

ARM fondi 2427 nomda 7643 nusxada, shundan oʻquv adabiyotlar 3997 nusxa 1231 nomda (darsliklar 1435 nusxada 1117 nomda, oʻquv qoʻllanmalar 2562 nusxada 114 nomda, ilmiy adabiyotlar 95 nusxada 69 nomda, badiiy adabiyotlar 1738 nusxada 851 nomda, xorijiy adabiyotlar 21 nusxada 21 nomda boshqa adabiyotlar 1792 nusxada 255 nomda). Elektron shakldagi adabiyotlar 2183 tani tashkil etadi. QR-kod tizimi orqali 1200 dan ortiq oʻquv adabiyotlarning QR-kodlari yaratilgan. 2 ta Infokiosk uskunasiga joylashtirilgan va talabalar gavjum boʻlgan joylarga oʻrnatilgan. Filial ARM uchun yaratilgan https://library-samdukf.uz/ (Wayback Machine saytida 2024-03-27 sanasida arxivlangan) sayti doimiy ishlab kelmoqda.

Professor-oʻqituvchilari

Filialda 59 nafar (ichki oʻrindosh – 22 nafar) professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda (1 nafari fan doktori/DSc, 20 nafari fan nomzodi/PhD, ilmiy salohiyat 25.6%)

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Biologiya

60110900 / Biologiya / Kimyo

50
15
35
130.2
119.5

Boshlang‘ich ta’lim

60110500 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

40
5
35
140.6
115.4

Boshlang‘ich ta’lim-Nurobod tumani

60110500220 / Ona tili va adabiyoti / Matematika

10
10
-
104.8
-

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310106 / Matematika / Chet tili

25
5
20
130.8
84.8

Kimyo

60110800 / Kimyo / Matematika

50
15
35
77.9
64.2

Maktabgacha ta’lim

60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

50
15
35
106.1
85

Matematika va informatika

60110600 / Matematika / Fizika

50
10
40
127.1
90.5

O‘zbek tili va adabiyoti

60111400 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

50
10
40
139.1
115.3

Pedagogika

60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

47
7
40
124.3
79.6

Pedagogika-Ishtixon tumani

60110100216 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

1
1
-
108.2
-

Pedagogika-Nurobod tumani

60110100220 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

1
1
-
113.3
-

Pedagogika-Qo'shrabot tumani

60110100225 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

1
1
-
81.8
-

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

60111802 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

50
15
35
165.3
137.3