Toshkent amaliy fanlar universiteti (TAFU) — zamonaviy ta’lim va real amaliyotni birlashtirgan innovatsion oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
TAFUning asosiy maqsadi — talabalarni nafaqat diplomli mutaxassis, balki mehnat bozoriga tayyor mutaxassis sifatida shakllantirishdir. Shu sababli universitetda ta’lim jarayoni faqat nazariya bilan cheklanmaydi: talabalar haftasiga 1–2 kun o‘z yo‘nalishiga mos kompaniya va tashkilotlarda amaliyot o‘taydi. Bu esa ularga o‘qish davridayoq tajriba orttirish va kelajakdagi faoliyatiga mustahkam poydevor yaratish imkonini beradi.
Shuningdek, universitet Malayziyaning Lincoln University bilan almashinuv dasturini amalga oshirmoqda. Germaniya, Estoniya, Janubiy Koreya, Polsha va Latviya kabi davlatlardagi universitetlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlantirilmoqda.
Universitetda zamonaviy ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. TAFU talabalari uchun Yotoqxona, grant dasturlari, Chegirma va imtiyozlar mavjud.
Universitetda quyidagi fakultetlar kesimida ta’lim beriladi:
• Iqtisodiyot
• Axborot texnologiyalari (IT)
• Pedagogika
• Filologiya va tillarni o‘qitish
Bakalavr yo'nalishlar:
Tarix va filologiya fakulteti
• Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili
• Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili
• O‘zbek tili va adabiyoti
• Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili
• Tarix
Pedagogika fakulteti
• Psixologiya
• Texnologik ta’lim
• Maktabgacha ta’lim
• Boshlang‘ich ta’lim
Axborot texnologiyalari (IT) fakulteti
• Axborot tizimlari va texnologiyalari
• Dasturiy injiniring
• Kompyuter injiniringi
• Axborot xavfsizligi
Iqtisodiyot fakulteti
• Marketing
• Turizm va mehmondo‘stlik - 3 yil
• Menejment
• Soliqlar va soliqqa tortish
• Buxgalteriya hisobi
• Moliya va moliyaviy - texnologiyalar
• Iqtisodiyot
• Bank ishi
Magistratura yo'nalishlari:
Iqtisodiyot fakulteti
• Turizm va mehmondo‘stlik
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi
• Bank ishi
Tarix va filologiya fakulteti
• O‘zbek tili va adabiyoti
• Lingvistika: o‘zbek tili
• Lingvistika: ingliz tili
Pedagogika fakulteti
• Psixologiya