Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kirish ballari 2023

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005-yil 2-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan.

Universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 23 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 8 yangi yo‘nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlanadi.

TATU - BUGUN
  • 1955 yil - Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI)
  • 1960 yil - elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi
  • 1978 yil - Frunze (hozirda Bishkek), Dushanbe, Olma-Ota va Farg`ona shaharlarida TEAI sirtqi fakultetining tayanch punktlari tashkil etildi.
  • 1993 yil - TEAI instituti qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
  • 1994 yil - Markaziy Osiyo respublikalari hamda Mo`g`iliston, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya o`quv markazi (SAUTST) tashkil etildi
  • 1997 yil - institut qoshida litsey-internat faoliyat yurita boshladi
  • 1999 yil - institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi
  • 2002 yil - O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan TEAI Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
  • 2005 yil - Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Farg`ona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi

FAKULTETLAR:  AKT sohasida kasb ta'limi fakulteti,  AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti, Televizion texnologiyalar fakulteti, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti, Axborot xavfsizligi, Dasturiy injiniring, Kompyuter injiniringi

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Dasturiy injiniring

60610600 / Matematika / Fizika

50
-
50
-
58.8

Kompyuter injiniringi: AT-Servis

60610504 / Matematika / Fizika

25
-
25
-
58.7

Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari

60610505 / Matematika / Fizika

25
-
25
-
56.9

Kompyuter injiniringi: “Kompyuter injiniringi”

60610503 / Matematika / Fizika

25
-
25
-
61.1