Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) yuridik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha O‘zbekistonda tayanch oliy o‘quv va ilmiy-uslubiy muassasa hisoblanadi. Universitet Prezidentimizning 2013 yil 28 iyundagi № PQ 1990-sonli “Huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti negizida tashkil etildi.
Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavrlar 524100 –“Yurisprudensiya (faoliyat turlari buyicha)” ta’lim yo‘nalishi doirasida quyidagi mutaxassiliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 4 yil):
- Davlat huquqiy faoliyati;
- Fuqarolik huquqiy faoliyati;
- Jinoyat huquqiy faoliyati;
- Xalqaro huquqiy faoliyat;
- Tadbirkorlik huquqiy faoliyati (biznes huquqi).
Toshkent davlat yuridik universitetida magistrlar quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlanadi (o‘quv muddati – 2 yil):
- "Davlat boshqaruvi huquqi";
- "Soliq va bojxona huquqi";
- "Biznes huquqi";
- "Xalqaro tijorat huquqi";
- "Shartnoma huquqi";
- "Korporativ huquq";
- "Tabiiy resurslar huquqi";
- "Mehnat huquqi";
- "Jinoyat qonunchililigini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti";
- "Sud ekspertizasi va kriminalistika".