Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti haqida umumiy ma'lumot:
Toshkent toʻqimachilik instituti 1932-yilda tashkil etilgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita: „Paxtani birlamchi qayta ishlash“ va „Mexanik texnologiya“ fakultetlari mavjud boʻlib, ularda 4 ta mutaxassislik: paxtani birlamchi qayta ishlash, toʻquvchilik, yigirish va ipakchilik texnologiyasi boʻyicha mutaxassislar tayyorlanar edi. 1932-1933-oʻquv yilida institut oʻzining dastlabki 125 nafar talabasini qabul qilgan. 1935-yilda institutning toʻrt qavatli binosi (hozirgi kunda 2-oʻquv binosi) foydalanishga topshirilgan[2].
Bu davrda institutda 6 ta ishlab chiqarish va 5 ta oʻquv laboratoriyasi, 5 ta oʻquv xonasi, sport zali, kutubxona mavjud edi. 1947-yilda institut sirtqi taʼlim dasturlarini taklif qila boshlagan. 1955-yilda „Muhandis-iqtisodchi“ mutaxassisligi boʻyicha iqtisodiy taʼlim berish boshlangan. 1958-yilda institutda kechki taʼlim fakulteti ochilgan.
Institutda  bugungi kunda 4 ta fakultet, 26 ta kafedralar faoliyat ko‘rsatmoqda.
12 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 21 ta mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti fakultetlari:
- To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti,
 
- Yengil sanoat tеxnologiyasi va dizayn fakulteti,
 
- Matbaa texnologiyalari fakulteti,
 
- Paxta sanoati texnalogiyasi fakulteti
 
- Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti
 
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti kafedralari:
- Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi
 
- Texnologik mashinalar va jihozlar
 
- Mehnat muhofazasi va ekologiya
 
- Muhandislik grafikasi va mexanikas
 
- Yigirish texnologiyasiIpak texnologiyasi
 
- To‘qimachilik matolari texnologiyasi
 
- To‘qimachilik materialshunosligi
 
- Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi
 
- Kimyo
 
- Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi
 
- Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi
 
- Kostyum dizayniKimyoviy texnologiya
 
- Fizika va elektrotexnika
 
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
 
- Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi
 
- Korporativ boshqaruv
 
- O’zbek va xorijiy tillar
 
- Matematika va informatika