Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

ZARMED Universiteti kirish ballari 2023

ZARMED Universiteti — xalqaro imkoniyat va zamonaviy ta’limni birlashtirgan, O‘zbekistondagi nufuzli xususiy universitetlardan biridir.

Universitet AQSH, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Rossiya va Belarus kabi davlatlarning yetakchi oliygohlari hamda yirik tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Temple University (AQSH), Joongbu University (Janubiy Koreya), Selçuk University (Turkiya) kabi xorijiy oliygohlar bilan qo‘shma dasturlar va akademik mobillik aloqalari orqali talabalar xalqaro darajadagi bilim hamda tajribaga ega bo‘lishadi.

✅ Universitetda bakalavr, magistratura va klinik ordinatura bosqichlari bo‘yicha 100 dan ortiq talabgir yo‘nalishlar mavjud.

— Tibbiyot ishi, Stomatologiya va Farmasevtika

— Oliy hamshiralik ishi

— Axborot tizimlari va texnologiyalari (IT)

— Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Iqtisodiyot, Menejment hamda Turizm

— Pedagogika, Psixologiya, Maktabgacha va Boshlang‘ich ta’lim

— Arxitektura va Fuqarolik qurilishi muhandisligi

— Filologiya (Ingliz, Rus, Koreys, Turk tillari) hamda Sport.

ZARMED talabalarga:

— Dual Degree (ikki diplomli ta’lim)

— 2+2, 3+1 xalqaro qo‘shma dasturlar

— Exchange (almashinuv) dasturlari

— Xalqaro stajirovka va xorijiy klinikalarda amaliyot imkoniyatlarini taqdim etadi.

Universitetda jahon standartlariga mos shinam auditoriyalar, interaktiv ta’lim tizimi, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalar hamda kuchli professor-o‘qituvchilar jamoasi shakllantirilgan.

Talabalar o‘qish davomida:

— Mahalliy va xalqaro tashkilotlarda (jumladan, Zarmed Pratiksha gospitalida) amaliyot o‘tashi;

— Universitet ichida (koordinator, tyutor yoki media jamoada) ishlashi;

— Karyera bo‘limi ko‘magida nufuzli kompaniyalarga ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Shuningdek, universitetda yuqori imtihon natijalariga ega abituriyentlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun 5 million so‘mgacha chegirmalar, ichki grantlar hamda har oylik maxsus stipendiya dasturlari mavjud.

Bugungi kunda 15 mingga yaqin talaba o‘z kelajagini qurishda ZARMED Universitetini tanlagan.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari