Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

11-sinf bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

Bugun, 10:54
11-sinf  bitiruvchilari uchun texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

Hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holatda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan kamida umumiy o‘rta ma’lumotga (11-sinf) ega bo‘lganlarni kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish uchun qabul parametrlari belgilandi.

Unga ko‘ra 587 ta texnikumga 276 ta kasb bo‘yicha jami 122 860 ta qabul kvotasi tasdiqlandi:

➖ kunduzgi ta’lim shaklida — 78 880 ta;

➖ kechki ta’lim shaklida — 4 380 ta;

➖ dual ta’lim shaklida — 39 140 ta.

Umumiy kvotaning 460 tasi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlariga o‘quvchilarni davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish uchun ajratilgan:

➖ kunduzgi ta’lim shaklida — 420 ta;

➖ dual ta’lim shaklida — 40 ta.

Qabul parametrlarida kvotalarning 44,4 foizi davlat granti va 55,6 foizi to‘lov shartnoma asosida shakllantirilgan.

Avvalroq, texnikumlarga (umumiy oʻrta taʻlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari negizida) kunduzgi va dual taʻlim shaklidagi qabul parametrlari tasdqilangan edi.

qabul parametrlari ro‘yxati-1 (2).pdf

qabul parametrlari ro‘yxati-2 (2).pdf

qabul parametrlari ro‘yxati-3.pdf

qabul parametrlari ro‘yxati-4.pdf

qabul parametrlari ro‘yxati-5.pdf