Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

2024-2025-o‘quv yili uchun sport maktablariga qabul haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

14-avgust 18:47
2024-2025-o‘quv yili uchun sport maktablariga qabul haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024-2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda

Bahodir Jalolov va Oksana Chusovitina nomidagi ixtisoslashtirilgan sport maktablariga 2024-2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabul qilish 7-avgustdan 25-avgustgacha davom etmoqda. Quyida ushbu maktablarga qabul jarayonlariga oid eng muhim ma’lumotlar keltirilgan.

Qabul sinflari:

  • Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi:
    • 5–6-sinflar
    • 9–10-sinflar
  • Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi:
    • 2–8-sinflar

Talab qilinadigan hujjatlar:

  • O‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati
  • O‘quvchining tug‘ilganlik guvohnomasi yoki fuqarolik pasporti, ota-onasi (qonuniy vakili)ning pasport ma’lumotlari
  • 086-U shakldagi tibbiy ma’lumotnoma

Jinsiy chegaralar:

  • Ushbu maktablarga qabulda jins chegarasi yo‘q. Boks yoki gimnastika bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan o‘g‘il-qizlar hujjat topshirishi mumkin.

Yotoqxona:

  • Hududlardan kelgan o‘quvchilar uchun ushbu sport maktablarida yotoqxona mavjud.

Chuqurlashtirilgan fanlar:

  • O‘zbekiston tarixi
  • Ingliz tili
  • Umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasi zamonaviy usullarda o‘rgatiladi.
  • Ikkinchi xorijiy til ham o‘rgatiladi.

Qabul jarayoni:

  • O‘quvchilar hujjat topshirish ariza.piima.uz sayti orqali faqat onlayn shaklda amalga oshiriladi.
  • Qabul ikki bosqich asosida o‘tkaziladi:
    1. Ijodiy imtihon
    2. Test sinovlari

O‘quvchilar soni:

  • Har bir sinfda 12 nafardan 24 nafargacha o‘quvchi qabul qilinadi.