Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Olimpiadaning maktab bosqichi 16-30-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

11-sentabr 11:34
Olimpiadaning maktab bosqichi 16-30-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Olimpiadaning maktab bosqichi 16-30-sentyabr kunlari oʻtkaziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2024-2025-o‘quv yilida fan olimpiadalarini o‘tkazish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hamda hududiy boshqarmalarga ko‘rsatma xati yubordi. Ushbu ko‘rsatma asosida fan olimpiadalari Respublika miqyosida davlat va nodavlat o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Olimpiadaning birinchi bosqichi – maktab bosqichi bo‘lib, 16-30-sentyabr kunlari o‘tkazilishi belgilandi. Ushbu bosqich fan olimpiadalarining ilk qismi bo‘lib, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish uchun imkoniyat yaratadi.

2024-2025-o‘quv yili uchun fan olimpiadalarining birinchi bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarni quyidagi manbadan o‘rganishingiz mumkin.