Informatika fanidan 7- hamda 8-sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari e’lon qilindi
29-yanvar kuni 7-8-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan informatika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur olimpiadaning natijalari Fan olimpiadalari markazi tomonidan eʼlon qilindi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur bosqichda hududlar kesimida informatika fanidan 7-sinflar bo‘yicha 14 018 nafar, 8-sinflar bo‘yicha esa 14 177 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.
Quyida olimpiada natijalari bilan hududlar kesimida tanishish mumkin:
Natijalar bo‘yicha apellyatsiya arizasini ushbu havola orqali yozib qoldirish mumkin.
Muhim: Apellyatsiya arizalari 7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiada bo‘yicha 17-fevral soat 23:59 gacha, 8-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiada bo‘yicha esa 18-fevral soat 10:00 gacha qabul qilinadi.
Avvalroq, matematika fanidan 7-8-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari e’lon qilinganligi haqida xabar bergan edik.