Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Matematika fanidan 7-8-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari e’lon qilindi

Bugun, 11:15
Matematika fanidan 7-8-sinflar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy olimpiadasi natijalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, 28-yanvar kuni 7-8-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan matematika fanidan Al-Xorazmiy olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur olimpiadaning natijalari Fan olimpiadalari markazi tomonidan eʼlon qilindi.

Qayd etilishicha mazkur olimpiadada hududlar kesimida matematika fanidan 7-sinflar bo‘yicha 17 954 nafar, 8-sinflar bo‘yicha esa 18 002 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.

Quyida olimpiada natijalari bilan hududlar kesimida tanishish mumkin:

7-sinflar bo‘yicha;

8-sinflar bo‘yicha.

Natijalar bo‘yicha apellyatsiya arizasini ushbu havola orqali yozib qoldirish mumkin.

Muhim: Apellyatsiya arizalari 7-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiada bo‘yicha 16-fevral soat 23:59 gacha, 8-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan olimpiada bo‘yicha esa 17-fevral soat 10:00 gacha qabul qilinadi.