O‘zbekistonda o‘quvchilar soni bo‘yicha yetakchi hududlar aniqlandi — statistika
O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari soni 6,8 mln nafardan oshdi. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyatida qayd etildi. Bu yerda o‘quvchilar soni 814,2 ming nafarni tashkil etdi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025/2026 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan oʻquvchilar soni 6 870,5 ming nafarga yetgan.
Bu koʻrsatkich avvalgi oʻquv yiliga nisbatan 94,2 ming nafarga oshgan.
Jami oʻquvchilarning 51,2 foizini oʻgʻil bolalar, 48,8 foizini qiz bolalar tashkil etgan.
Hududlar kesimida oʻquvchilar soni:
Qoraqalpogʻiston Resp. – 375,5 ming nafar
Andijon viloyati – 634,7 ming nafar
Buxoro viloyati – 348,4 ming nafar
Jizzax viloyati – 284,6 ming nafar
Qashqadaryo viloyati – 688,1 ming nafar
Navoiy viloyati – 195,7 ming nafar
Namangan viloyati – 571,3 ming nafar
Samarqand viloyati – 814,2 ming nafar
Surxondaryo viloyati – 572,8 ming nafar
Sirdaryo viloyati – 165,1 ming nafar
Toshkent viloyati – 547,2 ming nafar
Fargʻona viloyati – 733,4 ming nafar
Xorazm viloyati – 377,4 ming nafar
Toshkent shahri – 562,1 ming nafar
Avvalroq, 2025/2026 o‘quv yili boshida mamlakatda 11 118 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyat yuritayotganligi haqida xabar bergan edik.