Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Oʻzbekistonda maktablar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi

Bugun, 11:20
Oʻzbekistonda maktablar soni qanchaga yetgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida mamlakatda 11 118 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Bu esa o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 175 taga ko‘p.

Hududlar kesimida eng ko‘p maktab Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu hududda 1 350 ta maktab faoliyat yuritadi.

Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida bo‘lib, 345 tani tashkil etadi.

Hududlar kesimida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni

Hudud Maktablar soni
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 771
Andijon viloyati 834
Buxoro viloyati 596
Jizzax viloyati 598
Qashqadaryo viloyati 1 294
Navoiy viloyati 387
Namangan viloyati 783
Samarqand viloyati 1 350
Surxondaryo viloyati 1 003
Sirdaryo viloyati 345
Toshkent viloyati 935
Fargʻona viloyati 1 119
Xorazm viloyati 600
Toshkent shahri 503