Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

2025-yildan milliy sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga 50 foiz ustama haq to‘lanadi

22-oktabr 15:18
2025-yildan milliy sertifikatga ega o‘zbek tili o‘qituvchilariga 50 foiz ustama haq to‘lanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Tabrikda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish hamda xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar alohida ta’kidlandi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab, umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga oylik maoshining 50 foizi miqdorida ustama haq to‘lanadi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.