2026-yilning II choragida bo‘lib o‘tadigan nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovi sanalari e’lon qilindi
2026-yilning II choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari ma’lum qilindi.
Test sinovlari 2026-yilning aprel-iyun oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etilishi rejalashtirildi:
— APREL: 2026-yil 2-aprel, 2026-yil 16-aprel;
— MAY: 2026-yil 7-may, 2026-yil 21-may;
— IYUN: 2026-yil 4-iyun, 2026-yil 18-iyun.
Shuningdek, mazkur test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.
Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.