Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

9-sentyabrdan Toshkentdagi 27 ta OTMda dars boshlanish vaqti belgilandi

29-avgust 23:21
9-sentyabrdan Toshkentdagi 27 ta OTMda dars boshlanish vaqti belgilandi

9-sentyabrdan metro bekatlariga yaqin 27 ta OTMda dars jarayonining boshlanish vaqti belgilandi

Toshkent shahar metropolitenida yoʻlovchi oqimini toʻgʻri taqsimlash va talabalarning oʻz vaqtida dars mashgʻulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida, metropoliten bekatlariga yaqin joylashgan oliy taʼlim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi.

Unga koʻra, 2024-yil 9-sentyabrdan boshlab yuqoridagi 27 ta oliy ta’lim maskani talabalari ushbu grafik asosida darslarga qatnashadi. Oliy taʼlim muassasalari roʻyxati va dars boshlanish vaqtlari jadvalda ko‘rsatilgan.

Bu o‘zgarishlar talabalarning dars mashgʻulotlariga vaqtida yetib borishini taʼminlash va yo‘lovchi oqimini maqbul darajada ushlab turish maqsadida amalga oshirilmoqda.