9-sinflarga matematika fanidan attestatsiya qanday bo‘lishi aniq bo‘ldi
- Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladigan test variantlarini aniqlash bo‘yicha qur’a tashlandi
- Bunda o‘quvchilar 5- va 7- variantlar asosida imtihon topshirishlari ma’lum bo‘ldi.
Oʻquvchilarga taklif etilgan baza savollaridan tashkil topgan 2 ta bilet taqdim etiladi. Biletda oʻquvchiga 10 tadan (6 ta algebra, 4 ta geometriya) savol beriladi.Savollarning 3 tasi (2 ta algebra, 1 ta geometriya) bilishga, 5 tasi (3 ta algebra, 2 ta geometriya) qoʻllashga, 2 tasi (1 ta algebra, 1 ta geometriya) mulohazaga oid boʻladi.Savollarga javoblarni yozish uchun maktab tomonidan oldindan tayyorlab (maktab shtampi bosilgan) qoʻyilgan A4 formatdagi qogʻozlarga yozadilar.
Bilet savollarigajavob berishi uchun umumiy 180 daqiqa vaqt beriladi.