Akademik litseyga qabulda maksimal ball qancha?
Prezident maktabiga tayyorlanuvchilar uchun mobil ilova
➡️ YUKLAB OLISH
2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari haqida quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.
Test topshiriqlari soni va baholash mezonlari
Barcha test topshiruvchilar uchun jami 60 ta test topshirig‘i bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.
Maksimal ball qanday hisoblanadi?
- IQ bo‘yicha: 1.1*20 = 22 ball
- 1-fan bo‘yicha: 3.1*20 = 62 ball
- 2-fan bo‘yicha: 3.1*20 = 62 ball
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146 ball.
Ta’lim yo‘nalishlari va mos fanlar
Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladigan fanlar majmuasi hamda test topshiriqlari soni quyidagi jadvalda keltirilgan:
Ta’lim yo‘nalishlari kodi | Ta’lim yo‘nalishlari nomi | 1-fan | 2-fan | Ijodiy imtihon o‘tkaziladigan fan |
---|---|---|---|---|
3910001 | Aniq fanlar-1 | Matematika | Fizika | - |
3910002 | Aniq fanlar-2 | Matematika | Xorijiy til | - |
3910003 | Aniq fanlar-3 | Matematika | - | Rasm va chizmachilik |
3910004 | Aniq fanlar-4 | Matematika | Ona tili va adabiyot | - |
3910005 | Aniq fanlar-5 | Matematika | Geografiya | - |
3920001 | Tabiiy fanlar-1 | Biologiya | Kimyo | - |
3920002 | Tabiiy fanlar-2 | Kimyo | Biologiya | - |
3930001 | Ijtimoiy-gumanitar fanlar-1 | Ona tili va adabiyot | Xorijiy til | - |
3930002 | Ijtimoiy-gumanitar fanlar-2 | Tarix | Xorijiy til | - |
3930003 | Ijtimoiy-gumanitar fanlar-3 | Ona tili va adabiyot | Biologiya | - |
3930004 | Ijtimoiy-gumanitar fanlar-4 | Tarix | Geografiya | - |
3930005 | Ijtimoiy-gumanitar fanlar-5 | Huquqshunoslik | Xorijiy til | - |
3940000 | Xorijiy tillar | Xorijiy til | Ona tili va adabiyot | - |
Bu ma’lumotlar asosida siz akademik litseylarga kirish imtihonlarida maksimal ballni qanday to‘plash mumkinligini bilib olasiz. Bu sizga o‘z bilimlaringizni baholashda va testga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi.