Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

OTMga kirishda maksimal ball beriladigan chet tili sertifikatlari qaysilar?

Bugun, 17:41
OTMga kirishda maksimal ball beriladigan chet tili sertifikatlari qaysilar?

Abituriyentlar uchun bakalavriat ta’lim bosqichiga kirishda chet tillarini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro sertifikatlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu sertifikatlar orqali abituriyent chet tili fanidan qo‘shimcha imtihon topshirmasdan maksimal ballni qo‘lga kiritishi mumkin.

Bakalavriat ta’lim bosqichiga hujjat topshirayotgan abituriyentning chet tili sertifikati kamida B2 darajada bo‘lishi lozim. B2 darajadagi sertifikat mavjud bo‘lsa, abituriyentga chet tili fanidan maksimal ball beriladi. B1 va undan past darajadagi sertifikatlar qabul qilinmaydi.

Sertifikatlar qanaqa bo‘lishi kerak?

Ingliz tili uchun:

— Milliy sertifikat B2 daraja;

— Academic IELTS 5.5 va undan yuqori;

— TOEFL iBT 72 va undan yuqori;

— Cambridge English Qualifications tizimidagi B2 First (FCE), C1 Advanced (CAE), C2 Proficiency (CPE);

Yapon tili uchun:

— Milliy sertifikat B2 daraja;

Nemis tili uchun:

— Milliy sertifikat B2 daraja;

— Goethe-Zertifikat B2 va undan yuqori;

— Deutsches Sprachdiplom (DSD) B2 va undan yuqori;

— TestDaF B2 va undan yuqori.

Fransuz tili uchun:

— Milliy sertifikat B2 daraja;

Boshqa tillar uchun:

— Milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Maksimal ball olish shartlari qanday?

— Agar abituriyentning B2 darajadagi sertifikati bo‘lsa, u chet tili fanidan maksimal ballni qo‘lga kiritadi.

— Sertifikatning amal qilish muddati tugamagan bo‘lishi shart.

— Sertifikat faqat rasmiy ro‘yxatda keltirilgan turlaridan biri bo‘lishi lozim.

Darajasi pastroq sertifikat topshirib ham qanchadir ball olish mumkinmi?

Buning imkoni yo‘q. Faqat belgilangan darajadagi sertifikat bo‘lishi kerak. Sababi OTMga hujjat topshirishda sertifikatga oid ma’lumotlar onlayn platformaga yuklangach Bilim va malakalarni baholash agentligi ularning har birining haqiqiyligi va darajasi mos kelishini tekshiradi.