Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha savollar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

Bugun, 20:43
Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha savollar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, baholash mezonlari o‘tgan yilgi qabuldek qoldirilgan.

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

— Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;

— Matematika x 10 ta;

— O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

— 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball;

— 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball;

60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Eslatma o‘rnida: