2026/2027-o‘quv yili qabuli uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi
2026/2027-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlangan edi.
Fanlar majmuasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.