Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

2026/2027-o‘quv yili bakalavriati uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

Bugun, 16:09
2026/2027-o‘quv yili bakalavriati uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi

2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatma: Taʼlim yoʻnalishlari nomi oʻzgarganda, shuningdek, yangi yoʻnalishlar tashkil etilganda mos ravishda tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

Ma’lumot o‘rnida: Hukumat qarori bilan fanlar majmuasida chet tili mavjud boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi. Bunda, chet tili birinchi yoki ikkinchi fan boʻlishidan qatʼiy nazar, B1 darajadagi sertifikat ham qabul qilinadi. Faqat ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foiz miqdorida ball beriladi.