Endilikda chet tili 1-fan boʻlgan yoʻnalishlarga B1 darajadagi sertifikat ham imtiyoz beradi
Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (13.09.2025-yil №578 VM qarori bilan tasdiqlangan) ning 12-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
Fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish bo‘yicha kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat asosida amalga oshiriladi.
Fanlar majmuasida chet tili fani mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga qabulda:
— B1 darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ballning 75 foizi miqdorida ball beriladi;
— B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi.
Ya’ni o‘zgartirishdan avval fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlariga qabul xorijiy tilni bilish boʻyicha kamida B2 darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshirilar edi. Endi shu talab B1 darajasiga tushirildi.