Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

O‘zbekistonliklar Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

Kecha, 16:45
O‘zbekistonliklar Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam oladi?

Haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun dam oladi, 6 kunlik ish haftasida mehnat qiladiganlar esa 2 kun dam oladi.

2025-yil dekabrida imzolangan prezident farmoniga asosan, 2026-yilda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun 11-may – dushanba kuni koʻchirilgan dam olish kuni sifatida belgilangan. Boisi bu yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami haftaning shanba kuniga toʻgʻri kelmoqda.

Haftasiga 5 kun ishlaydiganlar shunda ketma-ket 3 kun dam oladi:

  • 9-may, shanba – odatiy dam olish kuni;
  • 10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
  • 11-may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻchirilgan dam olish kuni.

Haftasiga 6 kun ishlaydiganlar esa ketma-ket 2 kun dam oladi:

  • 9-may, shanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan dam olish kuni;
  • 10-may, yakshanba – odatiy dam olish kuni.