Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Oʻzbekistonliklar 8-mart munosabati bilan necha kun dam oladi?

Bugun, 10:52
Oʻzbekistonliklar 8-mart munosabati bilan necha kun dam oladi?

Xotin-qizlar kuni munosabati bilan 8-mart bayrami atrofidagi dam olish kunlari tartibi maʼlum boʻldi. Unga koʻra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 3 kun, 6 kunlik ish haftasida mehnat qiladiganlar esa 2 kun dam oladi.

Xotin-qizlar kuni munosabati bilan quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

  • 7-mart, shanba — 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa ish kuni;
  • 8-mart, yakshanba — Xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha uchun bayram dam olish kuni;
  • 9-mart, dushanba — ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelgani sababli, bayramdan keyingi ish kuniga koʻchirilgan qoʻshimcha dam olish kuni.

Shu tariqa, haftada 5 kun ishlaydiganlar uchun 3 kun ketma-ket dam olish kuni bo‘ladi. Bunda 7 mart shanba va 8 mart yakshanba odatiy dam olish kunlari bo‘lsa, 9-mart dushanba kuni bayram yakshanbaga tushgani hisobiga ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

Haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 8- va 9-mart kunlari, ya’ni 2 kun dam olish belgilanadi.