Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Uzbekistan Airways Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi

17-mart 11:30
Uzbekistan Airways Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi

Uzbekistan Airways Navro‘z va Ramazon hayiti munosabati bilan chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda Aviakompaniya axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, barcha ichki reyslar uchun biznes va ekonom-klass tariflariga 15 foizgacha chegirmalar taqdim etiladi.

Ushbu chegirmalar quyidagi muddatlarda amal qiladi:

— chiptalarni xarid qilish: 17-martdan 23-martgacha;

— parvozlar davri: 20-martdan 23-martgacha.

Ma’lum qilinishicha, chegirma faqat aviachipta tarifiga taalluqli bo‘lib, soliqlar va yig‘imlar qo‘shimcha ravishda to‘lanadi.

Chiptalarni booking.uzairways.com sayti, mobil ilova, “Uzbekistan Airways Sales” filiali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.