Imtihonlar.uz Onlayn test topshirish

Yangilangan HEMIS tizimida bitiruvchi talabalar diplomlarini rasmiylashtirish tartibi qanday?

24-aprel 13:21
Yangilangan HEMIS tizimida bitiruvchi talabalar diplomlarini rasmiylashtirish tartibi qanday?

Yangilangan HEMIS tizimida bitiruvchilar diplomlarini rasmiylashtirish jarayoni 4 bosqich asosida amalga oshiriladi. Endilikda har bir bosqich qat’iy tekshiruvdan o‘tib, yakuniy tasdiqdan so‘ng diplomlar reestrga kiritiladi.

HEMIS axborot tizimining yangilangan versiyasida bitiruvchi talabalarning diplomlarini shakllantirish va bitirish to‘g‘risidagi buyruqlarni rasmiylashtirish jarayonlariga muhim o‘zgarishlar kiritilmoqda.

Endilikda talabalarning o‘qishini yakunlash va diplom hujjatlarini rasmiylashtirish jarayoni quyidagi 4 bosqichli algoritm asosida amalga oshiriladi:

1-bosqich: Akademik qarzdorlik va akkreditatsiyani tekshirish.

Talabaning o‘quv rejasidagi barcha fanlarni to‘liq o‘zlashtirganligi (akademik qarzdorligi yo‘qligi) qayta ko‘rikdan o‘tkaziladi va yo‘nalish bo‘yicha akkreditatsiya ma’lumotlari tasdiqlanadi.

2-bosqich: Diplom anketasini shakllantirish.

Har bir bitiruvchi uchun diplom anketasi yaratiladi. Ma’lumotlar to‘liqligi tekshirilgach, diplomning PDF shakli generatsiya qilinadi. Ushbu bosqichda barcha ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qilish shart.

3-bosqich: Bitirish buyrug‘ini rasmiylashtirish.

Talabaning o‘qishini tamomlagani to‘g‘risidagi buyruq tizimda rasmiylashtiriladi va uning holati (statusi) “Bitirgan” darajasiga o‘tkaziladi.

4-bosqich: Tasdiqlash va reestrga kiritish.

Diplomlar yakuniy tasdiqdan o‘tkaziladi, nashr etish parametri faollashtiriladi va hujjat avtomatik ravishda diplomlar reestriga yo‘naltiriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, tizimdagi “O‘qishga qaytarish” funksiyasidan foydalanish to‘liq to‘xtatiladi. Shuning uchun har bir bosqichda ma’lumotlarni kiritishda yuqori darajadagi mas’uliyat va aniqlik talab etiladi.