HEMIS tizimida o‘quv rejasiga kirmaydigan mashg‘ulotlar uchun davomat funksiyasi joriy etildi
HEMIS tizimiga “Ma’rifat soati” kabi o‘quv rejasidan tashqari bo‘lgan mashg‘ulotlar bo‘yicha davomatni yuritish funksiyasi qo‘shildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Bunda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
- Dars jadvalini shakllantirishda: O‘quv rejasiga kirmaydigan fan mashg‘uloti dars jadvaliga kiritiladi. Bunda mas’ul sifatida tyutor yoki o‘qituvchi ko‘rsatilishi mumkin.
- Tyutor (yoki o‘qituvchi) panelida: Mashg‘ulotlar/dars o‘tish sahifasiga kiriladi va jadvaldagi tegishli mashg‘ulot sanasi tanlanadi.
- Davomat qilish sahifasida: Guruhdagi talabalar ro‘yxati bo‘yicha kelmagan talabalarga tegishli belgi qo‘yiladi va ma’lumotlar saqlanadi.
Muhim: Ushbu davomat qilish funksiyasi hozirda tizimning Tyutor rolida ishlamoqda. Mazkur turdagi (o‘quv rejasidan tashqari) fanlar bo‘yicha qilingan davomat talabaning tizimdagi umumiy davomat ko‘rsatkichiga (foiziga) ta’sir qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dars vaqtida real vaqt rejimida dinamik QR-kodni o‘qitish orqali talabalar davomatini avtomatik qayd etish tizimi ishga tushirilganligi ma’lum qilingan edi.
Shuningdek, yangi versiyaga talabalarning grant taqsimoti uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy faollik ballarini hisoblash, arizalar yuborish va ularni tasdiqlash moduli qo‘shilgan.
Hemis tizimida joriy etilgan bir qator muhim yangilanishlar bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin.