Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam olishadi: Prezident farmoni

27-avgust 03:55
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida 4 kun dam olishadi: Prezident farmoni

Mustaqillik bayramida O‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekistonliklar uchun ketma-ket 4 kun dam olish kuni belgilandi. Bu kunda:

  • 31-avgust, shanba — 6 ish kunilik jadvalda ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik jadvalda ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;
  • 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
  • 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, bayram kunining yakshanbaga to‘g‘ri kelishi sababli dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
  • 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

Shu bilan birga, yangi o‘quv yili quyidagi sanalarda boshlanadi:

  • Maktablarda — 4-sentyabr;
  • Akademik litseylarda — 4-sentyabr;
  • Kasb-hunar maktablarida — 4-sentyabr;
  • Kollej va texnikumlarning ikkinchi va undan yuqori kurslari uchun — 4-sentyabr;
  • Oliy ta’lim muassasalarida (barcha kurslar uchun) — 9-sentyabr.

Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun qabul davom etayotganligi sababli, yangi o‘quv yilining boshlanish sanasi hali aniq emas. Bu bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha ma’lumot beriladi.