Imtihonlar.uz Yuksak marralar sari

Attestatsiya imtihonida qatnashish uchun 1-yil ishlagan bo‘lishim shartmi?

17-oktabr 14:54
Attestatsiya imtihonida qatnashish uchun 1-yil ishlagan bo‘lishim shartmi?

Savol: Men institutni 2020 yilda tamomladim. 2022 yil sentyabr oyida ishga kirdim. Kuzgi attestatsiya imtihoniga qatnashish niyatida edim. Maktab ma’muriyati "bahorgi imtihonda qatnashasiz, hozir sizga mumkin emas" deyishdi. Endi bahorgi attestatsiyaga hujjat qilaman desam, zavuchimiz "siz 1 yil ishlagan bo‘lishingiz kerak, qatnasha olmaysiz" deyishdi. Shu to‘g‘rimi? Ishga kirganimga 5 oy bo‘ldi. Aytingchi, men attestatsiya imtihoniga qatnashsam bo‘ladimi?(Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani 3-maktab matematika fani o‘qituvchisi M.M.X.).

Javob: Bu noto‘g‘ri albatta (zavuchning gaplari). Nizomning 6-bandida: "...pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar" navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi belgilangan.

Nizomning 7-bandida esa: "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin" deb belgilangan.

P.S. Amaldagi tartibga ko‘ra, siz o‘z xohishingizga ko‘ra 2023 yilgi attestatsiyada navbatdan tashqari turi bo‘yicha ishtirok etishingiz mumkin.

Murojaatda ko‘rsatilgan manzilda faoliyat olib borayotgan mas’ullarga YANGI NIZOM bilan yana bir marta tanishib chiqishlarini tavsiya qilamiz.